CHOʻYAN — har xil buyumlar (kozon, santexnika qurilmalari, meʼmorlik bezaklari, panjaralar va b.) quyish uchun ishlatiladigan moʻrt material; temir bilan uglerod qotishmasi. Oddiy (legirlanmagan) Choʻyan tarkibida 2,0% dan ortiq uglerod va oz miqsorda doimiy qoʻshilmalar — kremniy, marganes, fosfor va oltingugurt boʻladi. Tarkibida legirlovchi elementlar — xrom, nikel, molibden, mis, alyuminiy va b., shuningdek, 2% dan ortiq marganes hamda 4% dan ortiq kremniy boʻlgan Choʻyan legirlangan (maxsus) Choʻyan deyiladi.
Choʻyan kulrang, oq va oraliq turlarga boʻlinadi. Kulrang Choʻyanda uglerod erkin holatda — bodroqsimon, plastinkasimon yoki sharsimon grafit tarzida, oq Choʻyanda uglerodning qammasi yoki juda koʻp qismi temir karbidi Gʻye3S — sement holida, oraliq Choʻyanda esa uglerodning bir qismi sementit va bir qismi grafit holida boʻladi.
Kulrang Choʻyan tarkibidagi grafitning shakliga koʻra, oddiy kulrang Choʻyan, bolgʻalanuvchan va juda puxta Choʻyan larga boʻlinadi. Oddiy kulrang Choʻyanda grafit plastinka (yaproq) shaklida, bolgʻalanuvchan Choʻyanda — bodroqsimon (pagʻapagʻa), juda puxta Choʻyanda esa shar shaklida boʻladi. Kuymalar olish uchun ishlatiladigan kulrang Choʻyan quymakorlik choʻyani deb ham ataladi. Ok Ch. qayta ishlanuvchi Choʻyan deyiladi, chunki u, asosan, poʻlat ishlab chiqarishga yaraydi. Oq Ch. ni termik ishlab, yumshatish yoʻli bilan bolgʻalanuvchi Choʻyan hosil qilinadi. Oddiy kulrang Choʻyan harflar (KCH) va ikki xonali ikki son bilan belgilanadi. Mac, KCH 1228 da KCH (SCH) harflari («kulrang choʻyan», ruscha «serыy chugun» soʻzlarining birinchi harflari) kulrang Choʻyan ekanligini, 12 soni uning choʻzilishdagi, 28 soni esa egilishdagi mustahkamlik chegarasini (kg/mm2) bildiradi. Bolgʻalanuvchan Choʻyan BCH (KCH) harflari va ketmaket keladigan ikki son bilan belgilanadi, mac, BCH504 da BCH (KCH) harflari («bolgʻalanuvchan choʻyan», ruscha «kovkiy chugun» soʻzlarining birinchi harflari) Choʻyanning bolgʻalanuvchanligini, 50 soni choʻzilishdagi mustahkamlik chegarasini, 4 soni esa nisbiy uzayishini (% qisobida) bildiradi.
Choʻyanlar temir rudalari va polimetall rudalaridan metallurgiya pechlari (domna pechi, elektr pechlar) da ishlab chiqariladi. Pechlarda kulrang va oq Choʻyan lardan tashqari, ferroqotishmalar deb ataladigan Choʻyanlar x. am olinadi; bunday Choʻyanlar tarkibida kremniy va marganes miqdori odatdagi Choʻyan lardagiga qaraganda ancha koʻp boʻladi.
Mashinasozlikda Choʻyanning quyidagi turlari katta ahamiyatga ega. Alyuminiy Choʻyan — tarkibida alyuminiy miqdori koʻp boʻlgan Choʻyan, u olovbardosh va korroziyabardosh, elektrotexnikada magnitmas material sifatida ishlatiladi. Antifri ksion Choʻyan — yeyilishga chidamli Choʻyan, podshipniklar va b. ishqalanuvchi detallar tayyorlash uchuy ishlatiladi. I yee i qbardosh Choʻyan — tra koʻtarilganda mustahkamligi uncha pasaymaydi; yukrri trada ishlaydigan Choʻyan armaturalar va b. buyumlar tayyorlash uchun ishlatiladi. Olovbardosh Choʻyan — yuqori tralarda oksidlanishga yaxshi qarshilik koʻrsatadi; bu xossa unga koʻproq miqdorda xrom qoʻshish yoʻli bilan hosil qilinadi, 1100°S gacha trada ishlaydigan detallar tayyorlash uchun ishlatiladi. Korroziyabardosh Ch. — zararli muhitlar — kislota, ishqor va b. ga kimyoviy turgʻunligi yukrri boʻlgan legirlangan Ch. lar jumlasiga kiradi.
Magniyli Ch. — tarkibidagi grafit shar shaklida boʻlgan kulrang (juda puxta) Ch. ; suyuq Ch. ga magniy yoki uning qotishmalaridan qoʻshish yoʻli bilan Ch. grafiti shar shakliga keltiriladi, katta yuk (kuch) tushadigan detallar tayyorlash uchun ishlatiladi. Magnitmas Ch. — asosi austenit boʻlgan koʻp legirlangan Ch. ; magnit kirituvchanligi juda kichik boʻladi; asosan, elektrotexnikada ishlatiladi.