CHHATTISGARH

CHHATTISGARH — Hindistonning markaziy qismidagi shtat. Mayd. 135 ming km2. Aholisi 21 mln. kishi (2001).

Maʼmuriy markazi — Raypur sh. Shtat sharqda Jarkxand va Orissa, gʻarbda MadhyaPradesh va Maharashtra, shim. da UttarPradesh shtatlari bilan chegaradosh. Shtat 2000-y. 1-noyabrda tashkil etilgan.

Chhattisgarh — agrar shtat. Aholining 80% q. x. da band. Maydonining 43% ishlanadi. Asosiy ekini — sholi, shuningdek, bugʻdoy, makkajoʻxori, dukkaklilar ekiladi, zaytunzorlar bor. Bogʻdorchilik va sabzavotchilik rivojlangan. Shtat hududining 44% oʻrmon. Shtatning muhim tabiiy resursi — oʻrmon mahsulotlari. Metallurgiya sanoati, poʻlat quyish va sement zdlari, mashinasozlik, oziqovqat, kimyo sanoati korxonalari mavjud. Plastmassa ishlab chiqariladi. Alyuminiy, konchilik rivojlangan. Mamlakatda ishlab chiqariladigan t. y. platformalarining 100%, sementning 20% Ch. ga toʻgʻri keladi. Temir, marganes, oltin va boksit rudalari qazib olinadi. Shuningdek, olmos, berill, ametist (safsar), aleksandrit va b. qimmatbaxr toshlar konlari topilgan.


Lotin alifbosida maqola: CHHATTISGARH haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Ch harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI
BUYUK BRITANIYA
ANDIJON VILOYATI
AFGʻONISTON
BOLGARIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты