DABIRIY

DABIRIY — Kattaqoʻrgʻoniy, Miyno (taxalluslari; asl ismi Ostonaqul Abdushukur oʻgʻli) (1871 — Kattaqoʻrgʻon sh. yaqinidagi Payshanba qishlogʻi — 1939) — shoir, xattot. Buxorodagi Xalifa Husayn madrasasida tahsil koʻrgan. Oʻz qishlogʻi va Buxoro amiri saroyida mirzalik qilgan. «Yosh buxoroliklar»ga qoʻshilib amir Olimxonga qarshi harakatda qatnashgan. 1917-y. okt. davlat toʻntarishidan keyin yangi usuldagi maktabda muallimlik qilgan, koʻhna qoʻlyozmalarni qidirib topish bilan ham shugʻullangan. Oʻzbek va tojik tillarida ijod qilgan. Navoiy, Fuzuliy, Bedil gʻazallariga muxammaslar bogʻlagan. Devon tuzgan, ammo devoni amir kishilari tomonidan yoqib yuborilgan. Asarlaridan namunalar «Bayozi Valiy», «Bayozi Maxdiy», «Bayozi Muhibbiy» kabi manbalarda saqlangan. Bizgacha 2000 misra sheʼrlari yetib kelgan. Xiromiyning «Chor darvesh» dostonini oʻz qoʻli bilan koʻchirib, muqaddima (sheʼriy taʼrix) va soʻnggi soʻz bilan Kogonda chop ettirgan.


Lotin alifbosida maqola: DABIRIY haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ? degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YoSh BUXOROLIKLAR
BUXORO XONLIGI
ALISHER NAVOIY
BUXORO VILOYATI
AMIR TEMUR


Добавить комментарий