DAVATS Larisa Iosifovna

DAVATS Larisa Iosifovna (1937, Tyanszin sh., XXR hududida) — grafik rassom, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1987). Moskva rassomlik in-tida taʼlim olgan (1958—64). 1964-y. dan Oʻzbekistonda. Davatsning mahorat bilan yaratgan asarlari koʻtarilgan mavzular mazmunini anik, ochib bera olishi bilan ajralib turadi: «Qirgʻiziston» turkumi (guash, 1967, 1973), «Kutish» (1985), «Urushga yoʻl yoʻq» triptixi (1986) va b. oq-qora, rangli asarlari shular jumlasidan. Oʻzbekistan (mas, S. Axmad, S. Zunnunova, A. Oripov), Qirgʻiziston (Ch. Aytmatov) va b. kardosh xalqlar, shuningdek, chet mamlakatlar (U. Uitmen, AQSH) mumtoz yozuvchilarining asarlarini badiiy bezadi. Soʻnggi yillarda rangtasvirda ijod qilmoqda («Yoshlik xotiralari», «Dengiz chigʻanoqlari» va b.).


Lotin alifbosida maqola: DAVATS Larisa Iosifovna haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



XITOY
ROSSIYA
TURKIYA
AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI
QIRGʻIZISTON


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты