DAVIDZON GʻOʻZASI

DAVIDZON GʻOʻZASI (Gossypium davidsonii Kell.) — yovvoyi gʻoʻza turi. Genomi D2_d, xromosomalar soni 2p=26. 1873-y. da topilgan. Birinchi marta Keller taʼriflab bergan (1912). Meksikaning Sonora shtatida, Quyi Kaliforniyada va Ravilya, Gigedo o. da tarqalgan. Davidzon gʻoʻzasi koʻp yillik, sertuk buta, boʻyi 2 m gacha. Hosil shoxlari 2—3 boʻgʻimli. Barglari mayda, butun yoki 1—2 boʻlakchali, yuraksimon, uchi choʻziq va oʻtkir, och yashil, baxmalsimon. Barg shira bezi bitta, tomir uchlari mayda, qizil. Gullari mayda, kosachasimon, sariq, asosida maydamayda toʻq qizil dogʻlari bor. Gulyonbarglari yuraksimon, 6—8 uchli tishchalar bor. Koʻsaklari mayda, dumaloq, uchi oʻtkir, 3 — 5 chanoqli, toʻliq ochilmaydi. Chigiti mayda, toshdek qattiq, 3—4 mm li qoʻngʻir tuklari chigitga yopishgan. Davidzon gʻoʻzasi qurgʻoqchilikka, shoʻrga chidamli, serhosil, bitlar va bakteriozdan kam zararlanadi. Klossh, Armur gʻoʻzalari bilan oson chatishadi.

Abdumavlon Abdullayev.


Lotin alifbosida maqola: DAVIDZON GʻOʻZASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



PERU GʻOʻZASI
ARMUR GʻOʻZASI
MEKSIKA GʻOʻZASI
KLOSSh GʻOʻZASI
PALLALI GʻOʻZA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты