DAVLAT BELGISI ISHLAB CHIQARISH BIRLASHMASI

«DAVLAT BELGISI» ISHLAB CHIQARISH BIRLASHMASI, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi «Davlat belgisi» ishlab chiqarish birlashmasi — Oʻzbekistonda davlatning turli hujjatlari (pasport, sertifikat, qimmatli qogʻozlar, banknotlar va b.)ni tayyorlaydigan birlash-ma. Bosma fabrikasi (Angliyaning «Xarrison va oʻgʻillari» firmasi bilan hamkorlikda qurilgan), qogʻoz f-kasi (Germaniyaning «Luizental» qogʻoz fabrikasi bilan hamkorlikda qurilgan) va Toshkent zarbxonasiga ega. Qalbakilashtirishdan himoyalangan qimmatli qogʻozlar, pasport qogʻozlari, aksiz markalar uchun qogʻozlar, pul bosiladigan qogʻozlar; banknotlar, sertifikatlar, lotereya biletlari, veksellar, cheklar, aksiz va pochta markalari, kolleksiya va esdalik tangalari toʻpla-mi, esdalik nishonlari va b. ishlab chikaradi. Birlashmada mazkur jarayonlar uchun barcha imkoniyatlar mavjud (zamonaviy texnika va texnologiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Shveysariyada taʼlim olgan yuqori malakali mutaxassislar, i. ch. dagi umumiy xavfsizlik). Uning ilk mahsulotini Bosma fabrikasi bergan. Shuningdek, 1994-y. 1-iyuldan muomalaga kiritilgan Oʻzbekistan Respublikasining milliy valyutasi — soʻm ham mazkur f-kada tayyorlanadi. Qogʻoz f-kasi 1995-y. foydalanishga topshirilgan. Zarbxona esa bu tizimdagi yangi korxona.

Sulaymon Xudoyqulov.


Lotin alifbosida maqola: DAVLAT BELGISI ISHLAB CHIQARISH BIRLASHMASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
BUYUK BRITANIYA
GERMANIYA
POCHTA ALOQASI
FRANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты