DAVLAT BUYURTMASI

DAVLAT BUYURTMASI — davlat talabi bilan (shartnoma yoki kelishuv asosida) korxona, tashkilot, xoʻjaliklarga muayyan mahsulot turini belgilangan muddatlarda i. ch. va yetkazib berish, davlat ehtiyojlari uchun tegishli xizmatlar koʻrsatish, shuningdek, i. ch., noishlab chiqarish va i. t. ishlarini bajarish va b. ; iqtisodiyotni davlat tomonidan boshqarish (tartiblash) vositalaridan biri. Davlat buyurtmasi asosan umumdavlat va ijtimoiy vazifalarni hal etish, ilmiytexnikaviy dasturlarni bajarish, mamlakat mudo-faasini mustahkamlash va iqtisodiy mustaqillikni taʼminlash, ijtimoiy i. ch. ni rivojlantiruvchi eng muhim i. t. lar va ilmiy ishlanmalarni amalga oshirish, q. x. mahsulotlari yetkazib berish, davlatning markazlashgan mablagʻlari hisobidan i. ch. va ijtimoiy sohalar uchun yangi quvvatlar, obyektlar yaratish va b. maqsadlarda beriladi. Davlat buyurtmasi davlat organlari (tashkilotlari) tomonidan tanlov (tender) asosida joylashtiriladi. Uni bajarish maxsus shartnoma bilan kelishiladi va birinchi navbatda ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish moʻljallanadi. Davlat buyurtmasini bajarish korxonalarga muayyan imtiyozlar yaratadi, davlat xom ashyo taʼminoti, ish oʻrinlari va mahsulot sotilishini kafolatlaydi. Davlat korxonaga zarur moddiy resurslarni buyurtmachi sifatida yetkazib beradi va korxo-nadan mahsulotni kelishilgan narxlarda xarid qiladi. Mamlakatlar bozor iqtisodiyotiga oʻtishi b-n D. b. ning hissasi keskin kamayib boradi. Ammo baʼzi doiralar (mas, mudofaa, fan, sogʻliqni saqlash, bolalar isteʼmoli mollari i. ch. va b.)da Davlat buyurtmasi saqlanib qoladi. Mac, hoz. Oʻzbekistonda q. x. ekinlaridan faqat paxta va don uchun (1996-y. dan xoʻjaliklarda yetishtirilgan paxta tolasi va don boʻyicha 50% darajasida) Davlat buyurtmasi saqlanib qolgan.

Erlis Aliqulov.


Lotin alifbosida maqola: DAVLAT BUYURTMASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



FRANSIYA
TOSHKENT
ROSSIYA
XITOY
YAPONIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты