DAVLAT GERBI

DAVLAT GERBI — davlat ramzlaridan biri. Unda davlatning milliysiyosiy, iqtisodiy xususiyatlari, ijtimoiy va davlat tuzumi, geografik va b. belgilari oʻz ifodasini topadi. Gerb davlat bayroqlarida, muhrda, rasmiy blanklarda, muhim hujjat, pul va davlat zayomlarida, baʼzi binolarda tasvirlanadi. Davlat gerbining maz-muni konstitutsiya yoki maxsus qonun bilan belgilanadi (jahondagi davlatlar gerblari tasviri haqida tegishli maqolalarga q.).

Oʻzbekiston Respublikasi D. g. ning rangli va oq-qora tasviri «Oʻzbekistan Respublikasi Davlat gerbi toʻgʻrisida»gi qonun (1992-y. 2 iyul)da tasdiklangan.

Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi quyidagi koʻrinishga ega: togʻlar, daryolar va soʻl tomoni bugʻdoy boshoqlaridan, oʻng tomoni esa chanoqlari ochilgan gʻoʻza shoxlaridan iborat chambarga oʻralgan gullagan vodiy uzra quyosh zarrin nurlarini sochib turadi. Gerbning yuqori qismida respublika hurligining ramzi sifatida 8 burchak tasvirlangan boʻlib, uning ichki qismida yarim oy va yulduz tasviri bor. Gerbning markazida baxt va erksevarlik ramzi — qanotlarini yozgan Xumo qushi koʻrinadi. Gerbning pastki qismida respublika Davlat bayrogʻini ifoda etuvchi chambar lentasining bantida «Oʻzbekiston» deb yozib qoʻyilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi va uning tasvirini aks ettirish lozim boʻlgan hollar, shu bilan bogʻliq tartib-qoidalar yuqoridagi qonunda belgilangan.


Lotin alifbosida maqola: DAVLAT GERBI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
YER
XITOY
GEOGRAFIYA
FRANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты