DAVLAT MOLIYASI

DAVLAT MOLIYASI — davlat ixtiyorida pul jamgʻarmalarining tashkil etilishi, taqsimlanishi va sarflanishi sohasidagi moliyaviy munosabatlar. Davlat moliyasining mablagʻlari umummilliy manfaatlar yoʻlida sarflanadi, davlatning funksiyalarini bajarishga xizmat qiladi. Davlat moliyasi pul jamgʻarmalari, moliya mexanizmi, davlatning moliyaviy institutlari (idoralari) va moliya siyosatini oʻzida mujassamlashtiradi. Davlat moliyasi tarkiban davlat byudjeti, mahalliy (munitsipal) byudjetlar, davlat korxonalarining moliyasi (ularning byudjeti), hukumatga qarashli maxsus jamgʻarmalar, davlat krediti (davlat qarz olgan va qarzga beradigan vositalari) kabi turlarga bulinadi.

Birinchi marta «Davlat moliyasi» atamasi 16-a. da Fransiyada ishlatila boshladi. Oʻsha davrda Davlat moliyasi turli soliqlar tarzida maydonga keldi. Yirik davlatlarning vujudga kelishi va ular xarajatlarining ortib borishi bilan nakd pulga ehtiyoj oʻsdi, natijada xalqdan olinadigan soliqlar, asosan, pul shaklida yigʻib olinadigan boʻldi, majburiy soliklar va zayomlar davlat zayomlari bilan almashindi. Buning oqibatida Davlat moliyasining murakkab tizimi vujudga keldi.

Hoz. vaqtda davlatning iqtisodiy va moliyaviy siyosatini amalga oshirishda Davlat moliyasi katta ahamiyatga ega. U takror i. ch. jarayonlarini taʼminlash, xalqning moddiy va maʼnaviy turmush farovonligini oshirish, davlat organlarini mablagʻ bilan taʼminlash, mamlakat iqtisodiyotini oʻstirish, xalq xoʻjaligini, ijtimoiy sohani moliyalashtirish, iqtisodiyotni investitsiyalash, aholini ijtimoiy himoya qilish, milliy xavfsizlikni taʼminlash, davlatni idora qilish va b. da yetakchi vosita xisoblanadi. Mavjud barcha korxonalar va xalq xoʻjaligi tarmoqlari moliyasi Davlat moliyasi va moliya tizimi zaxiralarining asosiy manbaidir.

Ahmadjon Oʻlmasov.


Lotin alifbosida maqola: DAVLAT MOLIYASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



XITOY
TOSHKENT
YAPONIYA
DAVLAT BYUDJETI
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты