DAVLAT MULKINI BOSHQARISH

DAVLAT MULKINI BOSHQARISH — shaxslar va davlat idoralari tomonidan qonunchiliqda belgilangan xuquq va vakolatlar doirasida davlat mulki egasi (egalik, foydalanish, tasarruf etish) vazifalarini bajarish. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va 1990-y. 31 okt. da qabul qilingan «Oʻzbekiston Respublikasida mulkchilik tugʻrisida» qonuniga koʻra davlat mulkini xalq nomidan (maʼmuriy-hududiy tuzilma aholisi nomidan) tegishli xalq deputatlari kengashi va ular vakolat bergan davlat organlari tasarruf etadi va boshqaradi. Mac, OʻzR mulkini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi hukumati yoki ular vakolat bergan davlat organlari tasarruf etadi va boshqaradi, maʼmuriy-hududiy tuzilmalarda davlat mulki (kommunal mulk)ga nisbatan mulkchilik huquqini mahalliy hokimiyat idoralari amalga oshiradi. Respublika yoki mahalliy hokimiyat idoralari egaligida boʻlgan mulk xoʻjalik yuritish yoki joriy boshqarish huquqi b-n yuridik shaxslarga berilishi mumkin. Koʻpgina rivojlangan mamlakatlarda davlat korxonalari davlat mulkining muhim obyektlariga kiradi va ularni tarmoq vazirliklari boshqaradi, Moliya vazirligi nazorat qiladi. Ayrim mamlakatlarda Davlat mulkini boshqarish bilan shugʻullanadigan maxsus vazirliklar taʼsis etilgan.

Oʻzbekiston Respublikasida bozor iqtisodiyotiga oʻtish davrida islohotlarni amalga oshirish davomida 1994-y. da Vazirlar Mahkamasining Davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish qoʻmitasi (1992) hamda Moliya vazirligi huzuridagi Davlat mulki fondi negizida davlat boshqaruv organi — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi (Davlat mulki qoʻmitasi) tashkil etildi. Davlat mulki qoʻmitasi davlat korxonalar va b. mulkka, korxonalarning ustav fondidagi davlat hissasiga toʻgʻri keladigan aksiyalar paketi va paylarga mulkchilik huquqini amalga oshiradi. Davlat mulki qoʻmitasi belgilangan tartibda Oʻzbekiston hududidagi va chet ellardagi Oʻzbekiston Respublikasi davlat mulki obyektlarini boshqarish va tasarruf etish; davlat siyosati qonunchiligi asosida davlat korxonalari, koʻchmas mulk obyektlarini va ular joylashgan yer maydonlarini xususiylashtirishi, davlat tarmoq, mintaqa boʻyicha xususiylashtirish dasturlarini ishlab chiqish, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarini tarmoqlararo va mintaqalararo muvofiqlashtirish; Davlat mulki qoʻmitasining hududiy boʻlinmalariga rahbarlik; xususiylashtirishni va tadbirkorlikni qoʻllabquvvatlash hamda investitsiyalarni jalb etish sohasida davlat siyosatini amalga oshirishni taʼminlaydigan bozor infratuzilmalari va muassasalarini barpo etish va b. vazifalarni bajaradi.

Abdulla Abduqodirov.


Lotin alifbosida maqola: DAVLAT MULKINI BOSHQARISH haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
XITOY
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QUROLLI KUCHLARI
FRANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты