DAVLAT NASLCHILIK ZAVODI

DAVLAT NASLCHILIK ZAVODI — q. x. hayvonlarining maʼlum bir zotini takomillashtirishga ixtisoslashgan oliy toifadagi naslchilik xoʻjaligi; chorvachilikda biror zot bilan uzok, vaqt davomida seleksiya ishi olib boradigan asosiy xoʻjalik. Har qaysi naslchilik z-dida elita va I klass talablariga javob beradigan sof zotli, sermahsul mollarning podasi boʻlishi kerak. Naslchilik z-dlarida naslchilik ishlari 5—10 yil va undan ham ortita moʻljallab tuziladigan istikbol seleksiya-naslchilik ishi rejasi asosida olib boriladi. Davlat naslchilik zavodining asosiy vazifasi tanlangan molning zotdorligi va mahsuldorlik sifatlarini takomillashtirishdan, shuningdek, naslchilik xoʻjaliklariga nasldor yosh mollar yetishtirib berishdan iborat.

Naslchilik z-dida mollar bir xil tanlash asosida sof zotlarni urchitish usuli bilan koʻpaytiriladi, mavjud zotlar yaxshilanadi va yangi, qimmatli liniya va oilalar yaratiladi. Qarindosh urchitishni har xil darajada qoʻllash bilan birgalikda, zotni tubdan yaxshilash va yangi zot yaratish maqsadida murakkab hamda qon quyish va chatishtirishning boshqa usullari qoʻllaniladi. Oʻzbekistonda 42 ta naslchilik z-di boʻlib, 17 tasi qoramolchilik, 18 tasi qorakoʻlchilik, 2 tasi qoʻychilik, 3 tasi yilqichilik, 1 ta echkichilik va 2 tasi choʻchqachilik b-n shugʻullanadi (2002). Naslchilik z-dlarida yetishtirilgan, oʻstirilgan yosh mollar oʻz podalarini hamda boshqa naslchilik xoʻjaliklarining podalarini toʻldirib boradi, eng sermahsul sigirlardan olingan buqachalar bilan naslchilik korxonalarini taʼminlaydi. OʻzRda naslchilikni rivojlantirishda muhim ishlarni amalga oshirgan xoʻjaliklar koʻp. Xususan, Andijon viloyati Qoʻrgʻontepa tumani «Savay» D. n. z. 1929-y. da tashkil etilgan. 1970-y. larda xoʻjalikda Avstriya, Rossiyaning Smolensk viloyatidan keltirilgan shvis zotli gunajinlarni mahalliy zebusimon mollari bilan chatishtirish natijasida ularning yangi qoʻngʻir tipi chiqarildi. Xoʻjalikda koʻp yillik tajribalar natijasida sermahsul sigirlarning 28 oilasi yaratilgan. Respublikada turli viloyatlarda joylashgan qoramolchilik D. n. z. da qora-ola, shvis, qizil choʻl, bushuyev zotlari urchitilmoqda. Ularda takomillashtirilayotgan 12 ming boshdan ortiq zotli qoramol bor (2002).

Izatulla Eshmatov.


Lotin alifbosida maqola: DAVLAT NASLCHILIK ZAVODI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YAPONIYA
SELEKSIYA
YER
NASLCHILIK XOʻJALIGI
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты