DAVLAT NASLCHILIK KORXONASI

DAVLAT NASLCHILIK KORXONASI — Oʻzbekistonda naslchilik ishlari bilan shugʻullanuvchi muassasa. Chorvachilikda «Naslxizmat» Respublika naslchilik uyushmasi tarkibiga kiradi. Toshkent viloyati Qibray tumani Tuzel qishlogʻida joylashgan. 1956-y. 28 dekda Toshkent davlat otchilik korxonasi (stansiyasi) oʻrnida chorva hayvonlarini sunʼiy urugʻlantirish st-yasi sifatida tashkil etilgan. Asosiy vazifasi viloyat, tuman naslchilik birlashmalari, xoʻjaliklarni sermahsul naslli buqalar urugʻi bilan taʼminlaydi. Korxona oʻzida boqiladigan qora-ola, shvis, kizil choʻl va b. kora-mol zotlari buqalaridan urugʻ oladi, uning sifatini baholaydi, shisha naychalarga joylaydi va muzlatadi. 1968-y. dan urugʻlar suyuq azotda (—196°) granula holida muzlatiladi va xoʻjaliklarga yetkazib beriladi.


Lotin alifbosida maqola: DAVLAT NASLCHILIK KORXONASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
TOSHKENT VILOYATI
SHISHA
CHORVACHILIK
QORAQALPOGʻISTON


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты