DAVLAT NASLCHILIK NAZORATI

DAVLAT NASLCHILIK NAZORATI — mamlakat miqyosida chorvachilik sohasida naslchilik ishlarini nazorat qilish majmui. Tarmoqda yagona ilmiytexnika siyosatini amalga oshirish, davlat va mintaqaviy dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishni tashkil etish, naslchilikdagi meʼyoriy hujjatlar va qoidalarni tasdiqlash, nasldor hayvonlarni, naslchilik xoʻjaliklari va podalarini tegishlicha davlat kitobida va davlat reyestrida roʻyxatga olish, naslchilik sohasida seleksiya, biotexnologiya va genetik injeneriya usullarini qullash shartlarini belgilash, naslchilikni davlat yoʻli bilan ragʻbatlantirish, seleksiya maqsadlari uchun noyob zotlar genofondini saqlab qolish choratadbirlari va b. ni qamraydi. Oʻzbekistonda Davlat naslchilik nazorati ishlari Respublika Vazirlar Mahkamasining 1995-y. 12-iyuldagi qarori asosida tashkil etilgan. Davlat naslchilik nazoratini Respublika Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Chorvachilikda naslchilik ishlari bosh davlat inspeksiyasi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi hamda viloyatlar hokimliklaridagi naslchilik ishlari boʻyicha davlat inspeksiyalari olib boradi. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-y. 21 dek. da qabul qilingan «Naslchilik toʻgʻrisida» qonunida Oʻzbekistonda birinchi marta Davlat naslchilik nazoratining asosiy vazifalari va huquqiy asoslari belgilab berilgan.

Izatulla Eshmatov.


Lotin alifbosida maqola: DAVLAT NASLCHILIK NAZORATI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI
CHORVACHILIK
TOSHKENT
FRANSIYA
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты