DAVLAT OBLIGATSIYALARI

DAVLAT OBLIGATSIYALARI — davlat tomonidan chiqarilgan qimmatli qogʻoz turi: D. o. ni sotib oluvchilar — aholi, firmalar, banklar va turli tashkilotlar investorlar hisoblanadi. Obligatsiyalarni sotishdan tushgan pul davlatning daromadini tashkil etadi, ammo u davlatning qarziga ham aylanadi (q. Davlat karzi). Davlat obligatsiyalari muayyan muddatlar uchun chiqariladi. Turli mamlakatlarda qisqa muddatli, oʻrtacha muddatli va uzok. muddatli Davlat obligatsiyalari mavjud. Muddati kelgach, obligatsiyalarni davlat kaytadan sotib oladi. Davlat obligatsiyalari daromad keltiruvchi qimmatli qogʻozlar turiga kiradi. Daromad shakliga koʻra D. o. ning yutuqli obligatsiyalar (obligatsiyalarga tegadigan daromad pul yutugʻi shaklida boʻlgani sababli unga foiz toʻlanmaydi), foizli obligatsiyalar (obligatsiyalarga ularning qiymatiga nisbatan foiz hisobida pul toʻlanadi) vadiskontli obligatsiyalar (obligatsiyalar sotilganda nominalidan pastroq narxda sotiladi, ular qaytadan sotib olinganda nominali summasida pul toʻlanadi) kabi turlari bor. D. o. daromadlari oldindan qatʼiy kafolatlanadi.

Davlat obligatsiyalari daromadli qogʻozlar boʻlganidan ularni sotish, garovga qoʻyish va kapital sifatida ishlatish mumkin. Oʻzbekistonda 1992-y. 1-iyulda 20 yil muddat bilan yutuqli obligatsiyalar chiqarildi (ularni sotish va sotib olish vaqtincha toʻxtatilgan). Respublikada 1996-y. dan dastlabki qisqa muddatli Davlat obligatsiyalari, 1997-y. mart oyidan boshlab 6 oylik qisqa muddatli Davlat obligatsiyalari chiqarildi (yana q. Obligatsiya).

Sadir Salimov.


Lotin alifbosida maqola: DAVLAT OBLIGATSIYALARI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



BANKLAR
FOND BOZORI
TOSHKENT
YER
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты