DAVLAT SANITARIYA-EPIDEMIOLOGIYA NAZORATI

DAVLAT SANITARIYA-EPIDEMIOLOGIYA NAZORATI (OʻzRda) – davlat sanitariya-epidemiologiya nazoratini amalga oshiradigan tibbiy-profilaktik muassasa. Oʻzbekiston Respublikasi konstitutsiyasining 93-moddasi 21-bandiga muvofiq tashkil etiladigan Davlat nazorati tashkilotlari turkumiga kiradi. Respublika Sogʻliqni saqlash vazirligi davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati departamentiga boʻysunadi. Oʻzbekiston Respublikasining «Davlat sanitariya nazorati toʻgʻrisida»gi qonunga (1992-y. 3 iyul) asosan Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati sanitariya qonunlari, qoida va meʼyorlari buzilishining oldini olish, aniklash va ularga chek qoʻyishga qaratilgan. Hoz. respublika, viloyat, tuman va shahar D. s. e. n. markazlari faoliyat koʻrsatadi. Respublika Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, «Oʻzbekiston havo yoʻllari» milliy aviakompaniyasi va «Oʻzbekiston temir yoʻllari» kompaniyasi tizimida ham Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati mavjud. Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlari maʼmuriy hududlarda sanitariyaga oid va epidemiyaga qarshi kurash tadbirlarining oʻtkazilishini taʼminlaydi, mulkchilikning shakllaridan qatʼi nazar davlat, qoʻshma, jamoa va xususiy korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar hamda yakka tartibda faoliyat koʻrsatayotgan tadbirkorlar tomonidan sanitariya-gigiyena normalariga rioya qilinishi ustidan Davlat sanitariya-epidemiologiya nazoratini amalga oshiradi va sanitariya-epidemiologik barqarorlikni taʼminlash boʻyicha tegishli takliflarni tayyorlaydi.


Lotin alifbosida maqola: DAVLAT SANITARIYA-EPIDEMIOLOGIYA NAZORATI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QUROLLI KUCHLARI
SOGʻLIQNI SAQLASH
XITOY
QORAQALPOGʻISTON


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты