DAVLAT TASARRUFIDAN CHIQARISH

DAVLAT TASARRUFIDAN CHIQARISH — davlat korxonalarini jamoa, ijara korxonalariga, aksiyali jamiyatlarga, masʼuliyati cheklangan jamiyatlarga, davlatga qarashli mulk boʻlmagan boshqa korxonalarga aylantirish. Mulkni Davlat tasarrufidan chiqarish (yoki xususiylashtirish) davlat korxonasi asosida xususiy va aralash mulk shakllarini vujudga keltirishda namoyon boʻladi.

SSSR parchalanganidan keyin Sharqiy Yevropa va MDH davlatlarida bozor iqtisodiyotiga oʻtishda Davlat tasarrufidan chiqarish iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda bosh yoʻnalish sifatida tanlandi. Oʻzbekistonda mulkni Davlat tasarrufidan chiqarish iqtisodiy islohotlar borasidagi dastlabki qadamlardan biri boʻldi. Samarali, ijtimoiy yoʻnalishga ega boʻlgan bozor iqtisodiyotini vujudga keltirish maqsadida davlat mulkini Davlat tasarrufidan chiqarishning tashkiliy-huquqiy asoslari belgilab berildi va ular OʻzRning «Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish toʻgʻrisida» (1991-y. 19-noyabr.), «Oʻzbekiston Respublikasidagi korxonalar toʻgʻrisida»gi (1991-y. 15 fev.) qonunlarida va ular asosida chiqarilgan boshqa qonun hujjatlarida oʻz aksini topdi. Mamlakatdagi mavjud davlat mulki obyektlari toʻliq yoki qisman davlat tasarrufidan chiqarilishi (yoki xususiylashtirilishi) mumkin. Oʻzbekistonda yer, yer osti boyliklari, suv, oʻsimlik va hayvonot dunyosi, boshqa tabiiy resurslar, madaniyat boyliklari, tarixiy yodgorliklar davlat tasarrufidan chiqarilmaydi. Davlat oʻz tasarrufidan chiqargan xoʻjalik subyektlari faoliyatiga aralashmaydi va mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar ularga xoʻjalik faoliyati olib borish uchun teng ququqiy va iqtisodiy shart-sharoitlar yaratib beradi (q. Davlat mulkini xususiylashtirish). Korxonalar oʻz faoliyatini va istiqbol rejalarini mustaqil rejalashtiradi, davlat ehtiyojlari uchun shartnoma asosida mahsulot yetkazib beradi.

Abdulla Abduqodirov.


Lotin alifbosida maqola: DAVLAT TASARRUFIDAN CHIQARISH haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



DAVLAT MULKINI XUSUSIYLASHTIRISH
XITOY
XUSUSIY MULK
ROSSIYA
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты