DAVLAT QOʻMITALARI

DAVLAT QOʻMITALARI (OʻzRda) – umumdavlat vazifalarni bajaradigan sohalararo davlat boshqaruvi markaziy idoralari. Davlat qoʻmitalari tegishli tarmoq muassasalari faoliyatini muvofiklashtiradi va nazorat qiladi. Davlat qoʻmitalari tarmoqdagi ahvol uchun masʼul hisoblanadi. «Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida»gi qonun (1993-y. 6 may) va Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari Davlat qoʻmitalarining hukuqiy holatini belgilab bergan. Qonunga kura, Davlat qoʻmitalari faoliyati ustidan nazoratni Vazirlar Mahkamasi amalga oshiradi. Davlat qoʻmitalariga raislar rahbarlik qiladi. Raislar tegishli qoʻmita vazifalarini bajarishi uchun shaxsan masʼul hisoblanadi. Har bir qoʻmitada hayʼat tuziladi, hayʼat qarorlari, odatda, rais buyruqlari b-n amalga oshiriladi. Davlat qoʻmitalari raislari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tarkibiga kiradi. Davlat qoʻmitalari raislari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenta tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod etiladilar, keyinchalik bu masala Oliy Majlis tasdigʻiga kiritiladi (yana q. Oʻebekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi). Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining raysini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi OʻzR Prezidentining taqdimiga muvofiq tayinlaydi va vazifasidan ozod etadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat qoʻmitalari (2002-y. iyul).: Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi; Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi; Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi; Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari davlat qoʻmitasi; Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi; Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi; Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi; Oʻzbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qoʻmitasi; Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmita; Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi.



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI
TOSHKENT
XITOY
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QUROLLI KUCHLARI


Добавить комментарий