DAVLAT HOKIMIYATI VAKILLIK ORGANLARI

DAVLAT HOKIMIYATI VAKILLIK ORGANLARI — fuqarolarning davlat va jamiyat ishlarini boshqarishdagi ishtirokining vakillik shakli. Davlat hokimiyati vakillik organlari vakillik xususiyati ularning saylov yoʻli bilan tashkil etilishi, masalalar jamoa tomonidan erkin muhokama asosida hal qilinishidan, oshkoralikdan, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, ular saylaydigan, tasdiqlaydigan yoki tayinlaydigan mansabdor shaxslar vakillik organi oldida masʼul boʻlishidan va hisob berib turishidan, qonuniylikdan, fuqarolarni davlat ishlarini boshqarish ishiga keng koʻlamda jalb etishidan, jamoatchilik fikrini doimo hisobga olishidan iborat. Oʻzbekiston Respublikasida Davlat hokimiyati vakillik organlari tarkibiga oliy vakillik organi — Oliy Majlis va mahalliy vakillik organlari — hokim boshchilik qiladigan viloyat, tuman va shahar xalq deputatlari Kengashlari kiradi.

Oliy Majlis fuqarolar tomonidan hududiy saylov okruglari boʻyicha koʻp partiyali saylov asosida 5 y. muddatga saylanadigan 250 nafar deputatdan iborat. 18 yoshga yetgan fuqarolar Oliy Majlisga saylash, 25 yoshga yetgan fuqarolar saylanish huquqiga ega. Deputatlar oʻz saylovchilarining, deputatlikka nomzod qilib koʻrsatgan tegishli siyosiy partiya yoki Davlat hokimiyati vakillik organlarining vakili hisoblanadi. Oliy Majlisning huquqiy maqomi OʻzR Konstitutsiyasi 5-boʻlim 18-bobida, Oʻzbekiston Respublikasining Oliy Majlis toʻgʻrisidagi konstitutsiyaviy qonunida (1994 y 22 sent.) va Oliy Majlis reglamenta da belgilab berilgan.

Mahalliy vakillik organlariga deputatlar 5 y. muddatga 18 va undan yuqori yoshdagi fuqarolar tomonidan saylanadi, saylanish huquqi 21 va undan yuqori yosh qilib belgilangan. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining huquqiy maqomi hamda vakolatlari OʻzR Konstitutsiyasi 5-boʻlim 21-bobida hamda «Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida»gi qonunda (1993-y. 2 sent.) belgilangan (yana q. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy majlisi).


Lotin alifbosida maqola: DAVLAT HOKIMIYATI VAKILLIK ORGANLARI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
MAHALLIY DAVLAT HOKIMIYATI ORGANLARI
SAYLOV KOMISSIYASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI
HOKIM


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты