DAVLATGARAY

DAVLATGARAY — Qrim xonlarining nomi. D. – G.1 (?—1577) — xon (1551-y. dan). Turkiya sultonining vassali. Polsha va ayniqsa Rossiyaga tez-tez hujumlar uyushtirib turgan. 1552-y. rus qoʻshinlarining Qozonga qilgan yurishiga toʻsqinlik qilishga harakat qilgan. Livon urushi paytida D.-G.1 Polsha qiroli bilan ittifoq tuzib, Rossiyaga bir necha bor yirik yurishlarni amalga oshirgan. 1569-y. turklarning Astraxonga qilgan harbiy yurishida ishtirok etgan. 1571-y. bahorida 120 ming kishilik qoʻshin bilan Rus davlatiga hujum qilib, may oyida Moskvaga oʻt qoʻygan, lekin 1572-y. qaytadan yurish qilganida ruslardan magʻlub boʻlgan. Davlatgaray P (?—1724) – Salimgaray oʻgʻli; bir necha marta taxtni egʻallagan (1699 — 1724). Qrim xonligidagi ichki ziddiyatlar (noʻgʻaylar isyoni, aka-uka Gʻozigaray, Qoplongaraylar bilan boʻlgan adovat) tufayli uning mavqei mustahkam boʻlmagan.


Lotin alifbosida maqola: DAVLATGARAY haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
TURKIYA
HARBIY SANʼAT
AMIR TEMUR
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты