DAVLATLARNING HUQUQIY VORISLIGI

DAVLATLARNING HUQUQIY VORISLIGI — bir davlat huquqlari va majburiyatlarining boshqa bir davlatga oʻtishi. Davlatlarning huquqiy vorisligi masalasi quyidagi hollarda yuzaga keladi:

1) ijtimoiyiqtisodiy formatsiya oʻzgarishiga olib kelgan ijtimoiy inqilob sodir boʻlganda;

2) milliy ozodlik kurashi natijasida yangi mustaqil davlatlar paydo boʻlganda;

3) avvalgi davlat hududida — bir necha davlat tashkil topganda hamda ikki yoki bir necha davlat birlashuvi natijasida yangi davlat vujudga kelganda; 4) hududiy oʻzgarishlar roʻy berganda. Davlatlarning huquqiy vorisligi yangi davlatlar uchun: xalqaro shartnomalarni qayta koʻrib chiqish, ularni bekor qilish, xalqaro tashkilotlarga aʼzo boʻlish, xususiy mulkni davlat mulkiga aylantirish, mulkning xuquqiy vorisligini taʼminlash kabi masalalarni qaytadan hal qilishni taqozo etadi. 1978-y. da Davlatlarning shartnomalarga oid huquqiy vorisligi toʻgʻrisida Vena konvensiyasi qabul qilingan edi. 1983-y. gi Vena konvensiyasi esa davlat mulki, davlat arxivlari va davlat qarzlariga oid Davlatlarning huquqiy vorisligi asosiy qoidalarini belgilab berdi.



XITOY
TOSHKENT
YER
HINDISTON
ROSSIYA


Добавить комментарий