DAVLETOV Farhod Karimovich

DAVLETOV Farhod Karimovich (1957.24.11, Xiva) — xonanda, Oʻzbekiston xalq hofizi (2001), Qozogʻistonda xizmat koʻrsatgan artist (1995). Yoqimli, jozibali, keng koʻlamli ovoz sohibi. Toshkent davlat madaniyat in-tini tugatgan (1985). Xonandalik sanʼati sirlari va Xorazm maqom yoʻllarini Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artistlar Yu. Jabborov, R. Qurbonov va ayniqsa, R. Jumoniyoʻzovlardan urgangan. 1980—91 y. lari Xiva tumanidagi turli ashula va raqs ansambllarida yetakchi xonanda, badiiy rahbar, Xiva sh. dagi 2 – madaniyat uyi direktori. 1991-y. dan Xiva tumani 2 – qishloq madaniyat uyi hamda «Feruz» maqom ansamblining badiiy rahbari. Repertuaridan asosan «Rost», «Dugoh», «Segox.» kabi Xorazm maqom yoʻllari va suvoralari oʻrin olgan. Qozogʻistonda oʻtkazilgan Oʻzbekiston madaniyati va sanʼati dekadasi qatnashchisi (1995), Gollandiyada gastrolda boʻlgan (1996). Respublika maqom ijrochilarining tanlovi laureati (3 – oʻrin, 1987), K. Otaniyozov nomidagi Respublika tanlovi gʻolibi (1987).


Lotin alifbosida maqola: DAVLETOV Farhod Karimovich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
XORAZM VILOYATI
RAJABIYLAR
XALQ IJODI
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты