DAVLATSHOH SAMARQANDIY

DAVLATSHOH SAMARQANDIY (toʻliq ismi Davlatshoh ibn Alouddavla Baxtishoh assamarqandiy) (taxm. 1436/37—95) — oʻzbek shoiri, adabiyotshunos va davlat arbobi. Otasi Shohruxning nufuzli amirlaridan boʻlgan. Davlatshoh Samarqandiy zamonasining yirik olimi Fazlulloh Samarqandiy qoʻlida tahsil koʻrgan. 1480-y. gacha saroy xizmatida. Umrining oxirlarida saroy va harbiy xizmatlarni tark etib, ijod bilan shugʻullangan. Turkiy va forsiyda yozgan. Davlatshoh Samarqandiyga shuhrat keltirgan yirik asari «Tazkirat ushshuaro»dir («Shoirlar tazkirasi», 1486-y. da yozib tugʻallangan). Tazkiralar Alisher Navoiyga bagʻishlangan boʻlib, juda kup ilmiytarixiy manbalar asosida yaratilgan. Asar muqaddima, yetti bob (tabaqa) va xotimadan tashkil topgan. Muqaddimada asarning yozilish sabablari hamda Labid (7-a.), Mutanabiy (915— 965), Abu Aʼlo al-Maariy (973—1058) kabi 10 nafar mumtoz arab shoiri haqida yozilgan, asosiy boblarda esa 10—15-a. larda Movarounnahr, Xuroson va qoʻshni mamlakatlarda yashab ijod etgan 150 dan ortiq shoir va olimlar faoliyati tadqiq etilib, ularning tarjimayi holi haqida maʼlumot va asarlaridan namunalar keltirilgan. Tazkiraning xotima qismida Davlatshoh samarqandiy S bilan zamondosh boʻlgan Jomiy, Navoiy, Xoja Afzaliddin Muhammad, Amir Ahmad Suhayliy, Xoja Shahobiddin Abdulla Marvarid hamda Xoja Osafiylar haqida maʼlumot berilgan. Tazkira 10 — 15-a. lardagi adabiy jarayon, uning namoyandalari hayoti, ijodini hamda madaniy, ilmiy va tarixiy sharoitni oʻrganishda muhim manba. «Tazkirat ush-shuaro» Hindiston (1887, 1924), Angliya (1901), Tehron (1958, 1960) da toʻliq nashr etilgan. Ayrim qismlari rus, ingliz, fransuz, nemis, turk, oʻzbek tillariga tarjima qilinib, chop etilgan. Davlatshoh Samarqandiy ijodini oʻrganish 15-a. da Alisher Navoiy tomonidan boshlangan. Keyinroq ingliz (Braun E.), nemis (Xammer), fors (Muhammad Abbosiy, Muhammad Ramazoniy, Ahmad Gulchin Maoniy), rus (E. Ye. Bertels), oʻzbek (N. Malyaayev, B. Ahmedov) olimlari Davlatshoh samarqandiy S ijodini oʻrgandilar.

Ad.: Navoiy A., Asarlar [15 jildli], 12-j., T., 1966; Ahmedov B., Davlatshoh Samarqandiy, T., 1967.


Lotin alifbosida maqola: DAVLATSHOH SAMARQANDIY haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ALISHER NAVOIY
IBN SINO
TEMURIYLAR
FRANSIYA
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты