DAVLETMURATOVA

DAVLETMURATOVA Zamira (1955.21.6, Nukus) — Oʻzbekiston xalq artista (1992). Leningrad akademik xoreografiya bilim yurtini tugatgan (1975). 1975-y. dan Alisher Navoiy nomidagi opera va balet teatrida balet artisti. Mariya («Boqchasaroy favvorasi») uning sahnadagi ilk obrazidir. Eng yaxshi rollari: Frigiya («Spartak»), Medora («Korsar»), Jizel Oʻ. Davletova. Ubike rolida («Kelin»), («Jizel»), Taxmina («Rustam haqida doston»), Suxani («Sevgi tumori»), Toʻmaris («Toʻmaris»), Xonim qiz («Xonim qiz va bezori»), Odetta-Odiliya («Oqqush koʻli»), Avrora («Uyqudagi goʻzal»), Raymonda («Raymonda»), Layli («Layli va Majnun»), Shirin («Sevgi afsonasi»), Komdi («Ikki dil dostoni»), Shahrizoda («Ming bir kecha») va b.

Davletmuratova ijodi romantik yoʻnalishi, hisʼhayajonga tulaligi, musiqaviyligi, yaratgan obrazlari toʻlaqonliligi, mexr-muhabbat bilan yoʻgʻrilganligi, raqs harakatlari orqali qahramonining ichki va tashqi kechinmalarini tomoshabinga mohirona yetkaza bilishi bilan ajralib turadi.


Lotin alifbosida maqola: DAVLETMURATOVA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ALISHER NAVOIY
TOSHKENT
BALET
XALQ IJODI
Farrux Raimov - Ketmoqdaman


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты