DAVQUR

DAVQUR — zardoʻzlikda keng tarqalgan naqsh mujassamoti, hoshiya naqsh. Kiyim (yoqasi, yeng uchlari va b.) cheti hoshiya naqsh bilan aylantirib tikilib, qolgan joylari ochiq qoldiriladi. Kiyimning orqa yelka qismiga turunj shaklida bezak kashta («tavq») tikiladi. Hoshiya — naqsh turli kenglikda (keng, hashamdor yoki ingichka) boʻlib, oʻsimliksimon («shash barg», «bargi xazon», «bodom», «qoʻsh bodom» va b.) va handasiy (yulduz, aylana, koshin va b.) shakllardan tuziladi. Baxmaldan quroq qilinadi, toshlar qadaladi. Davqurda turli bezak choklardan foydalanilib, buyumning badiiy qimmati oshiriladi.


Lotin alifbosida maqola: DAVQUR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AMALIY SANʼAT
BARG
BADIIY SANOAT
ALISHER NAVOIY
Tushda turunj mevasi | Тушда турунж меваси


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты