DADAYEV

DADAYEV Qahramon (1936.15.12, Toshkent) — sozanda (doira), Oʻzbekiston xalq artisti (1977). Glier nomidagi Respublika musiqa maktabi, Hamza nomidagi Toshkent musiqa bilim yurtida taʼlim olgan. Doira ijrochilik anʼanalarini Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist T. Inogomov va Gʻ. Inogomovlardan oʻrgangan. Toshkent xoreografiya bilim yurti (1953—54), Oʻzbek davlat estradasi (1954—57), «Bahor» raqs ansambli (1957—97)da sozanda, mazkur ansambl tashkilotchilaridan. M. Turgʻunboyeva, I. Oqilov, Ye. Baranovskiy va Q. Mirkarimovalar bilan «Uchrashuv», «Havaskor», «Salom» kabi xoreografik kompozitsiyalar hamda «Pilla», «Zang», «Katta oʻyin», «Larzon», «Choʻpon», «Fargʻonacha», «Fargʻona ruboiysi», «Buxorocha», «Xorazmcha» kabi oʻnlab raqslarni sahnaga qoʻyish va yaratishga katta hissa qoʻshgan. Ayniqsa, oʻziga xos tarzda, bir yoʻla 2—3 doirada yakka ijro etgan «Oʻzbek doira usullari» turkumi, katta artistik mahorat bilan ijro etgan doira oʻyin («Havaskor», «Qoʻgʻirchoq» kabi)lari mashxur. T. Sayfiddinov, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artistlar aka-uka Islomovlar, H. Rasulov, H. Azimov va b. D. shogirdlaridir. 80 dan ortiq mamlakatlarda gastrolda boʻlgan. 6-Jahon yoshlar festivali laureati (1957, Moskva), sobiq Ittifoq Davlat mukofoti laureati (1973). Dadayev haqida «Oʻzbektelefilm» studiyasida «Qahramon Dadayev chaladi» nomli film suratga olingan (1983, rej. Sh. Bizatov).


Lotin alifbosida maqola: DADAYEV haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
San'at Jalilov - Bobo
TURGʻUNBOYEVA
XALQ IJODI
RAJABIYLAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты