DADAMUHAMEDOV Fasihiddin Gʻulomovich

DADAMUHAMEDOV Fasihiddin Gʻulomovich (1953.26.5, Toshkent) — zargar, Oʻzbekiston Respublikasi xalq, ustasi (1998). Toshkent sanʼat in-tini tugatgan (1975). Usta zargar N. Xolmashovdai xunar oʻrgangan. 1985-y. dan «Usto» birlashmasida zargar-usta, 2000-y. dan xususiy ustaxonasida mehnat qiladi. Dadamuhamedov ijodida milliy zargarlik uslubini tikladi, anʼanalarini uygʻunlashtirdi va rivojlantirdi, shabaka, zigʻirak, qolipaki, bosma usullarida buyumlar yaratdi: zirak, uzuk, bilaguzukdan iborat «Bozband», «Panjara tumor», «Uch koʻza» va b. toʻplamlar, tillaqosh, zebigardon, uzuk, zirak va b. taqinchoqlar; buyumlar bezagida oʻsimliksimon naqshlarni keng qoʻllaydi. Dadamuhamedov yaratgan buyumlardan namunalar respublika va chet mamlakatlar (AQSH, Angliya, Fransiya, Isroil, Rossiya, Polsha va b.) muzeylari, xususiy toʻplamlarda saqlanadi.


Lotin alifbosida maqola: DADAMUHAMEDOV Fasihiddin Gʻulomovich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



FRANSIYA
TOSHKENT
ROSSIYA
ISROIL
POLSHA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты