DAZMOL

DAZMOL — gazlama, kiyim-kechak, koʻnchilik mahsulotlari va b. ga issiqlik ishlovi berish (qizdirib silliqlash) uchun moʻljallangan asbob. Uy-roʻzgʻorda, maishiy xizmat korxonalarida, tikuvchilik f-kalarida, koʻn z-dlarida ishlatiladi. Roʻzgʻorda ishlatiladigan Dazmolning kumir yoki oʻtin chugida qizdiriladigan, plita ustiga quyib qizdiriladigan va elektr xillari bor. Hozir, asosan, elektr Dazmol ishlatiladi. U metall asos, qopqoq, qizdirish elementi (spiral) va shnurdan iborat. Baʼzi elektr Dazmollar issiqlik darajasini uzgartiradigan (termorostlagichli) (mas, 700 Vt — 1000 Vt li) qilib ishlab chiqariladi. Baʼzi Dazmol larda dazmollanadigan joyni hoʻllab turadigan suv «kosacha» boʻladi. Tikuvchilik f-kalari, maishiy korxonalarda maxsus (ogʻirroq va quvvatliroq) Dazmollar va dazmollash presslari ishlatiladi. Koʻnchilikda ishlatiladigan Dazmol 90—100° gacha qizdiriladigan plita va unga terini qisadigan rolikdan iborat.

Dazmol qadimdan maʼlum. 11-a. da Oʻrta Osiyoda Dazmol andavaga uxshash temir asbob bulib, uni oʻtda qizdirib, kiyimning chok va bahyalarini bostirganlar, sirtini silliqlaganlar. Keyinchalik, olov Dazmol paydo boʻlgan. U paytlarda Dazmolni utuk (otuk) deb atashgan (M. Koshgariy «Turkiy suzlar devoni», T., 1960). Hozir ham Xorazm, Samarqand viloyatlarida xalq D. ni utuk deb yuritadi.


Lotin alifbosida maqola: DAZMOL haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



KIYIM
TOSHKENT
YER
OKEAN
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты