DAYR UL-BAHR

DAYR UL-BAHR — Qad. Misr (Fiva yaqini)da qoyalar etagida (vodiy boʻylab) joylashgan meʼmoriy majmua. Firʼavn Mentuxotep I xotirasiga qurilgan ehrom (mil. av. 21-a.) kolonnadalar bilan oʻralgan, yirik piramidali, devorlari boʻrtma tasvirlar bilan bezatilgan (haykaltaroshlar Irtisen va oʻgʻli Senusert)xaroba qoldiqlari saqlangan. Vodiy orqali ehromga boriladigan uzun yoʻl (uz. 1200 m, eni 32 m) cheti devor va haykallar bilan toʻsilgan. Malika Xatshepsut xotirasiga qurilgan ehrom (mil. av. 16—15-a. lar, meʼmori Senmut) 3 ayvonli kolonnadalar bilan oʻralib, zinapoyalar orqali bogʻlangan. 200 dan ortiq haykallar va boʻrtma tasvirlar bilan bezatilib, yeriga kumush va oltin toʻshalgan.


Lotin alifbosida maqola: DAYR UL-BAHR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ? degan savolarga javob topishingiz mumkin)



MISR
TOSHKENT
BOBIL-OSSURIYA MADANIYATI
XITOY
HAYKALTAROSHLIK


Добавить комментарий