DALA APROBATSIYASI

DALA APROBATSIYASI, dala ekinlari aprobatsiyasi — navdor ekinlar, mevali daraxtlar va rezavorlar hosilining urugʻlik sifatida foydalanishga yaroqliligini aniqlash, navdorlik sifatini belgilash, urugʻchilik qoidalarining bajarilishini tekshirish. Aprobatsiya oʻtkazish Oʻzbekistonda davlat tadbiriga kiradi. Dala ekinlari aprobatsiyasi dalada (D. a.) va don omborxonalarida (makkajoʻxori soʻtalari ombor aprobatsiyasi) kuzatish yoki tanlab kuzatish va aprobatsiya materialini tahlil qilish bilan oʻtkaziladi. Har bir ekin turi uchun oʻziga xos Dala aprobatsiyasi usuli ishlab chiqilgan. Bunda ekinning yetilishi, muddati, navdorligi, serhosilligi va zararkunanda hamda kasalliklarga chidamliligi eʼtiborga olinadi. Dala aprobatsiyasi uchun aprobatsiyachi agronom boshchiligida maxsus guruh yoki alohida komissiya tuziladi. Eng avval har qaysi dalada qanday nav (urugʻlik) ekilgani tegishli hujjatlarga qarab aniqlanadi. Navning tozaligini aniqlash uchun maydon diagonali boʻylab har yerdan oʻsimlik namunalari olinadi. Namunadagi asosiy navga oid oʻsimliklar sanalib, ular jami oʻsimliklarga nisbatan necha foizni tashkil etishi, kasallik va zararkunandalardan, begona oʻtlar, karantin oʻtlardan tozaligi aniklanadi. Mas, paxtachilikda Dala aprobatsiyasi gʻoʻzaning 1-, 2 – va 3 – reproduksiyalari ekilgan maydonlarda oʻtkaziladi. Agar bu reproduksiyalar ekilgan maydonlardan rejadagi urugʻlik paxtani tayyorlash imkoniyati boʻlmasa, toʻrtinchi va soʻnggi reproduksiyali maydonlarda ham Dala aprobatsiyasi oʻtkaziladi. Yangi navlar va urugʻi kamchil navdor gʻoʻzalar ham aprobatsiya qilinadi. Dala aprobatsiyasiga qadar paxta dalalari zararkunanda va kasalliklardan tozaligiga qarab 4 guruhga boʻlinadi: mutlaqo toza dalalar; gommoz bilan 5% gacha, vilt bilan 10% kasallangan dalalar; gommoz va vilt bilan 20% kasallangan dalalar; 20% dan koʻproq kasallangan dalalar. Urugʻlik paxta har qaysi guruh dalalaridan alohida terilib, paxta quritish-tozalash zavodlariga ham alohida topshiriladi.

Dala aprobatsiyasi natijalariga asosan dalolatnoma tuziladi. Aprobatsiya dalolatnomasi tayyorlanadigan urugʻning miqdori va sifatini koʻrsatadigan rasmiy hujjat hisoblanadi.

Abdurahim Ermatov.


Lotin alifbosida maqola: DALA APROBATSIYASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



URUGʻCHILIK
NAV NAZORATI
TOSHKENT
DAVLAT NAV SINASH TARMOGʻI
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты