DALA QANDALASI

DALA QANDALASI (Lygus pratensis L.) — hammaxoʻr hasharot; D. q. ning kattaligi 3,5—4 mm, rangi yashil, qora naqshlari, qanotining ustki qismida, koʻkragining ost tomonida dogʻlari bor. Tanasi choʻziq, tuxumsimon. Lichinkasi kichikligi va qanotsizligi bilan voyaga yetgan qandaladan ajralib turadi. Tuxumi 1 mm. Qand lavlagi (nihollari va urugʻi), dukkakli oʻtlar, koʻpchilik tolali, moyli, dorivor, sabzavot va manzarali hamda gʻalla ekinlariga katta zarar keltiradi. Zararlangan shona, gul va mayda tugunchalar batamom toʻkilib ketadi, zararlangan koʻsaklarda botiq qora dogʻlar paydo boʻladi, mayda koʻsaklarning shakli qingʻir-qiyshiq boʻlib, tolasi yetilmay vaqtidan oldin ochiladi (hosil 60% gacha kamayishi mumkin). Dala qandalasi yetuk hasharot holatida turli oʻsimlik qoldiqlari ostida qishlaydi. Mavsumda 3—4-marta nasl beradi.

Kurash choralari: erta bahorda dalani begona oʻtlardan tozalash, kuzda esa zararkunanda shuvoqda toʻplanishini hisobga olib, qandalaga qarshi tegishli preparatlarni qoʻllash, ehtiyoj tugʻilganda Dala qandalasiga qarshi detsis, super-zipak, simbush, siraks yoki fostak preparatlaridan birini belgilangan meʼyorda qoʻllash tavsiya etiladi.


Lotin alifbosida maqola: DALA QANDALASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
BEGONA OʻTLAR
XITOY
FRANSIYA
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты