DALA GʻOZI

DALA GʻOZI (Anser fabalis Lathem) — gʻozsimonlar turkumi oʻrdaklar oilasiga mansub qushlarning bir turi. Vazni 2,75—4,5 kg. Boshqa gʻozlarga nisbatan koʻproq quruqlikka moslashgan. Yerda yengil yuradi va tez yuguradi, suvda yaxshi suzadi va shoʻngʻiydi. Dala gʻozi Yevrosiyoning hamma hududlarida tarqalgan. Oʻzbekistonda uchib oʻtish davrida uchraydi. Gʻarbiy Yevropa, Oʻrta dengiz va Qora dengiz sohillarida hamda Oʻrta Osiyoda (Zarafshon vodiysining quyi qismida) qishlaydi. Suv yaqinidagi quruq joylarga, orollarga uya quradi. Uyaga 3—6 (odatda 3—5 ta) tuxum qoʻyadi. Tuxumlarni modasi taxm. 25 kun bosadi. Dala gʻozi ochib chiqqan joʻjalarni yirtqich qushlardan xavfsizroq joyga koʻchiradi. Joʻjalari 1,5 oyda uchirma boʻladi. Yiliga bir marta tullaydi. Shu davrda koʻp miqdorda ovlanadi.


Lotin alifbosida maqola: DALA GʻOZI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
XITOY
OKEAN
YEVROPA
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты