DALAYNOR

DALAYNOR, Xulunchi — Xitoyning shim.-sharqidagi koʻl, Ichki Mongoliyaning shim. da. Mayd. 1100 km2. Chuq. 6—9 m, suv sathining bal. 539 m. Koʻlga quyiladigan suvning mikdoriga qarab, uning maydoni oʻzgarib turadi. Dalaynorga Kerulen va Orchun-Gol daryolari quyiladi. Dalaynor suvining sathi koʻtarilgan vaktlarda suv Loyqa nomli irmoqdan oqib chiqib Argun daryosiga quyiladi. Dalaynorning qirgʻoklari past, yassi, suvi chuchuk, baliq koʻp.

DʻALAMBER (Dʻ Alembert) Jan Leron (1717.16.11 – Parij – 1783.29.10) – fransuz maʼrifatparvari, matematigi va faylasufi. Parij FA aʼzosi (1754). 1751-57 y. larda Dalaynor Didro bilan birgalikda «Ensiklopediya»ni nashr qilgan. Mat., gidrodinamika, astronomiya, fizika fanlarini rivojlantirishga hissa qoʻshgan. Mexanikada dinamika masalalarini statika usullari bilan yechish uning nomi bilan ataladi (k,. DʻAlamber prinsipi). Bu prinsipning mumkin boʻlgan siljishlar prinsipi bilan mantikiy birlashishi — DʻAlamber — Langranj prinsipini tashkil etadi. Moddiy sistemalar harakatining differensial tenglamalarini tuzish qoidalarini ifodalab bergan. Sayyoralarning oʻz orbitasidan chetga chiqishi nazariyasini asoslagan. Ilmiy ishlari differensial tenglamalar, qatorlar nazariyasi, algebraga oid. Dalaynor dunyoqarashiga dualizm xos. Dalaynor falsafada sensualizm mavqeida turib, moddiy olamdagi predmet va hodisalarning obyektiv mavjudligini va ularning sababiy bogʻlikligini eʼtirof etgan.

DʻALAMBER PRINSIPI – dinamikaning asosiy prinsiplaridan biri. Dalaynorga asosan, moddiy sistema nuqtalariga qoʻyilgan faol kuch ikki kuch yigʻindisidan, yaʼni moddiy sistema nuqtalariga tezlanish beruvchi va aks taʼsir etuvchi kuch bilan muvozanatdagi kuchlar yigʻindisidan iborat boʻladi. Faol kuch, aks taʼsir etuvchi kuch va shu kuchlar vujudga keltirgan inersiya kuchlarining qoʻshilishidan iborat kuchlar sistemasi har doim muvozanatda boʻladi. Bunday sistemalarga statikaning hamma tenglamalarini tatbiq qilish mumkin. Dalaynor kinetostatikannj asosi boʻlib, dinamika masalalarini statika usullari b-n yechish yoʻllarini koʻrsatadi.

DʻALAMBERLANGRANJ PRINSIPI — mexanikaning asosiy prinsiplaridan biri; har qanday ideal bogʻlanishli mexanik sistemalardagi harakatlarning xususiyatini aniqlaydi va shu sistemalarga tegishli dinamik, statik masalalarni yechish usullarini beradi. J. DʻAlamber va J. Langranj nomi bilan ataladi.

Dalaynor —L. p. ga asosan, har qanday ideal bogʻlanishli mexanik sistemalarning haqiqiy harakati uchun vaqtning har bir lahzasida barcha faol va inersiya kuchlarining bajargan elementar ishlari yigʻindisi nolga teng.


Lotin alifbosida maqola: DALAYNOR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



FRANSIYA
XITOY
YER
TOSHKENT
OKEAN


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты