DALACHOY

DALACHOY (Hypericum L.) — dalachoydoshlar oilasiga mansub oʻt yoki chala butalardan iborat oʻsimliklar turkumi. 200 ga yaqin turi bor, koʻpchiligi Oʻrta dengiz hududlarida oʻsadi. Oʻzbekistonda 3 turi bor. Ular choychoʻp, dalachoy, choyoʻt, qizilpoycha deb yuritiladi. Dalachoy larning barglari oddiy, yaxlit, koʻpchiligi qaramaqarshi joylashgan. Guli — roʻvaksimon toʻpgul, sariq, ikki jinsli. Kosachabarglari koʻpincha yarmisigacha qoʻshilgan. Changchilari koʻp, oʻzaro tutashgan. Urugʻchisi bitta, 3—5 uyali. Mevasi koʻsakcha. Oʻzbekistonning adir va togʻli xududlarida Dalachoyning N. perforatum L. degan turi koʻp tarqalgan. Iyun—sent. da gullab urugʻlaydi. Tarkibida oshlovchi moddalar, efir moylari va S vitamin bor. Xalq tabobatida (meʼda-ichak kasalliklarida va qon aralash ich ketganda) ishlatiladi.


Lotin alifbosida maqola: DALACHOY haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



XITOY
VITAMINLAR
Ulug'bek Ismailov - Guli
YER
XALQ IJODI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты