DALVARZIN KANALI

DALVARZIN KANALI — Sirdaryoning oʻng sohilidagi sugʻorish kanali. Asosiy shoxobchalari bilan (Sul, Oʻng, Xasyoz) birgalikdagi uz. 67,5 km, shundan magistral kanal uz. 11,5 km. Suv oʻtkazish imkoniyati 45 m3/s. 1930-y. da qurilgan. Sugʻorish mayd. 53,2 ming ga, shundan 33,2 ming ga Oʻzbekistonda (Toshkent viloyati), 20 ming ga Tojikistonda. Kanalga suv Farhod GESning yuqori byefidan oʻzi oqib chiqadi. Dalvarzin kanali asosan pastham joylar buylab qazilgan. Dalvarzin kanalining oʻng shoxobchasi Oʻzbekiston va Tojikiston chegarasi boʻylab, jan. dan shim. ga qarab oqadi. 1929—30 y. larda qurilgan. Oʻz. 35 km. Suv oʻtkazish imkoniyati 18 m3/s. Sul shoxobchaning uz. 21 km. Boshlanish qismida (2 km) suv oʻtkazish imkoniyati 26 m3/s, undan quyida 16 m3/s.


Lotin alifbosida maqola: DALVARZIN KANALI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
TOJIKISTON
ROSSIYA
SIRDARYO
TOSHKENT VILOYATI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты