DALVARZINTEPA

DALVARZINTEPA — soʻnggi jez davriga mansub qishloq xarobasi (mil. av. 10—8-a. lar). Chust madaniyatinit eng yirik yodgorligi. Andijon viloyatining Oyim qishlogʻi yaqinidan topilgan. Dalvarzintepaning 6000 m2ga yaqin qismi ochilgan (1966). 2,5 m dan 3,5 m gacha madaniy qatlam 3 qurilish qavatiga boʻlinadi. Har bir qavatidan uy-joy qoldiklari, jez quyish ustaxonalari, gʻalla oʻralari, mehnat qurollari topilgan. Biroq uylar kam ochilgan vayetarli oʻrganilmagan. Madaniy qatlamda tashlandiq uy-joylar oʻrnida yon tomoni bilan gʻujanak holda yotgan bir qancha murdalar, koʻp miqdorda alohida suyaklar topildi. Bular Dalvarzintepada yashagan kishilar antropologik jihatdan yevropeoid irqqa mansub boʻlganligini koʻrsatadi. Aholining asosiy mashgʻuloti dehqonchilik va chorvachilik boʻlgan. Donni qayta ishlash uchun yorgʻuchoqdan foydalanilgan. Topilgan hayvon suyaklari aholi uy hayvonlarining barcha turini parvarish qilganligini koʻrsatadi. Dalvarzintepada jez quyish ishi ancha rivojlangan. Jezdan qilingan oʻroq, iskana, bigiz, igna, nayza, oʻqning uch qismi va zeb-ziynat buyumlari uchraydi. Dalvarzintepadan topilgan temir pichoq va temir parchalar qad. Fargʻona aholisi metall bilan ancha erta tanish boʻlganligini koʻrsatadi. Topilmalar orasida toʻqimachilikning ancha taraqqiy etganligidan darak beruvchi materiallar (jez igna, bigiz, urchuq va b.) bor.


Lotin alifbosida maqola: DALVARZINTEPA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
ANDIJON VILOYATI
XITOY
OʻZBEKLAR
YER


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты