DALVARZINTEPA XAZINASI

DALVARZINTEPA XAZINASI — Dalvarzintepa shahristoni (Surxondaryo) dan topilgan xazina. Oʻzbekistan sanʼatshunoslik ekspeditsiyasi tomonidan topilgan (1972). Dalvarzintepa xazinasi — 2 baldoqli sopol koʻzacha (yarim metr chuqurlikda ogʻirligi 36 kg) dagi har xil oltin buyumlardan iborat. Oltin buyumlar soni 115 ta, ular yombilar, bilaguzuklar, oltin shodalar va b. taqinchoklardir. Xazina podsho amaldorlari, boylarga har xil taqinchoklar tayyorlab beradigan zargarga tegishli boʻlsa kerak. Chunki baʼzi taqinchoklar juda ogʻir, hatto bitta bilaguzuk 872 g sof oltindan iborat. Ayniqsa nozik did bilan ishlangan turli shakldagi bilaguzuk va ziraklar, qizgʻish rangli qimmatbaho toshga oʻyib ishlangan, erkak tasviri tushirilgan boʻyin taqinchogʻi, tilla ipchalardan toʻqilgan va 5 qator tizilgan shoda diqqatga sazovordir. Oltin shoda taqiladigan qismining ikkala tomoniga 10 tadan ortiq feruza va yoqut toshlar qadalgan. Xazinadagi toʻgʻri burchak shaklida tayyorlangan yombilar katta ilmiy ahamiyatga ega. Ularning jami 21 ta, ammo 10 tasida qad. kxaroshti yozuvi bitilgan. Dalvarzintepa xazinasi paleografik jihatdan mil. 1-a. ga toʻgʻri keladi. Dalvarzintepa xazinasining eng qimmatli tomoni uning antik dunyo davr sanʼati qatorida tutgan oʻrnidir. Garchi Dalvarzintepa xazinasi dagi ayrim taqinchoqlar Afgoniston, Hindiston, Pokistondagi taqinchoqlarga oʻxshab ketsada, ammo ularning Shim. Baqtriya, yaʼni hoz. Oʻzbekistonningjan. hududlarida yashagan qoʻli gul ustalar tomonidan tayyorlanganligi shubhasizdir. Dalvarzintepa xazinasi topilmasi ajdodlarimizning qoʻshni xalqlar va mamlakatlar bilan qadimdan savdosotiq va madaniy aloqada boʻlganligidan darak beradi.


Lotin alifbosida maqola: DALVARZINTEPA XAZINASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AMALIY SANʼAT
TOSHKENT
YER
XITOY
SURXONDARYO VILOYATI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты