DALIL

DALIL — sud ishlarida isbotlanishi lozim boʻlgan holatlarni tasdiqlaydigan yoki inkor etadigan turli faktik maʼlumotlar. Dalil sudda haqiqatni aniqlab, odilona qarorga kelish uchun yagona asosdir. Oʻzbekiston Respublikasida Dalil fuqarolik, xoʻjalik, maʼmuriy va jinoyat ishlarini yuritishga oid qonunlar bilan belgilangan tartibda toʻplanishi, tekshirilishi va baholanishi shart. Dalil fuqarolik ishlarida tortishuvchi taraflarning talab va eʼtirozlarini asoslashga, jinoyat ishlarida jinoiy voqea yuz bergani, uni sodir etgan shaxs kimligi, jinoyat maqsadi, ayblilik darajasi, yetkazilgan zararning miqdori toʻla va aniq belgilanishiga xizmat qiladi. Dalillarni faqat vakolatli davlat organlari va mansabdor shaxslar toʻplaydi. Tergov va sud ishtirokchilari Dalil taqdim etishi, ularni ishga qoʻshish haqida iltimos qilishi mumkin. Dalil sifatida daʼvogar va javobgarning sudlanuvchi, jabrlanuvchi va guvohlarning koʻrsatuvlari, turli hujjatlar, ashyoviy dalillar va ekspert xulosalaridan foydalaniladi.


Lotin alifbosida maqola: DALIL haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
AYB
ADVOKAT
TARAFLAR
KOʻRSATUV


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты