DALLAS

DALLAS — AQSH jan. dagi shahar, Texas shtatida. Triniti daryosi boʻyida. Aholisi 1188 ming kishi (2000). AQSH ning paxtachilik va chorvachilik r-nlari chegarasida joylashgan. Transport yoʻllarining muhim tuguni. AQSH jan. dagi yirik savdo-moliya va neftgaz sanoati markazi. Dallasda neft sanoati va paxta tozalash korxonalari uchun uskunalar ishlab chiqariladi. Neftni qayta ishlovchi, kimyo (sovun, sintetik kir yuvish vositalari i. ch.), oziq-ovqat, paxta tozalash, ip gazlama, tikuvchilik korxonalari bor. Samolyotsozlik, avtomobilsozlik, radioelektronika, aviaraketa sanoati, dvigatellar, q. x. mashinalari, sovitkichlar i. ch. rivojlangan. Dallas — yirik paxta bozori. Un-t (1911), xalqaro aeroport, muzey va teatrlar bor. Dallasga 1841-y. da asos solingan. 1856-y. dan shahar. D. da 1963-y. 22-noyabrda AQSH prezidenti Jon F. Kennediga suiqasd uyushtirilgan.


Lotin alifbosida maqola: DALLAS haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
FRANSIYA
AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI
ROSSIYA
YAPONIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты