DALMATSIYA

DALMATSIYA — Xorvatiyadagi tarixiy viloyat, qad aholisi — dalmatlar (nomi shundan) va b. 6—7-a. larda slavyanlar kelib oʻrnashgan. 9-a. da Xorvat davlati, 12-a. boshlarida Vengriya tarkibiga kirgan. 12—15-a. lar boshida oʻrta asr shahar kommunalari (Zadar, Split, Dubrovnik, Kotor va b.) gullab yashnagan. 1420—1797-y. larda Dalmatsiya (Dubrovnikdan boshqa) Venetsiya qoʻl ostida boʻlgan (16a. da Dalmatsiyaning ichki viloyatlari Turkiya tasarrufiga oʻtgan), 1797—1918-y. larda Avstriya tarkibida (1805—13 y. larda Fransiya qoʻl ostida, 1809—13 y. larda Illiriya provinsiyalari tarkibida). 1918-y. dan Dalmatsiya (Zadar va Italiya tomonidan egʻallangan baʼzi orollardan tashkari) Serblar, Xorvatlar va Slovenlar kirolligi (1929-y. dan Yugoslaviya) tarkibida. 1941-y. fashist bosqinchilari tomonidan tashkil qilingan qoʻgʻirchoq «Mustaqil Xorvatiya davlati» tarkibiga kiritilgan. 1945-y. dan Dalmatsiya Chernogoriya (jan. qismi) va Xorvatiya tarkibida.


Lotin alifbosida maqola: DALMATSIYA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ? degan savolarga javob topishingiz mumkin)



FRANSIYA
XORVATIYA
VENGRIYA
TOSHKENT
ITALIYA


Добавить комментарий