DALMATSIYA OROLLARI

DALMATSIYA OROLLARI — Adriatika dengizidagi arxipelag, Bolqon ya. o. qirgʻoqlari yaqinidagi 1000 dan ortiq katta-kichik (Krk, Brach, Sres, Xvar, Korchula, Vis va b.) orollardan iborat. Mayd. 2500 km2. Xorvatiya tarkibida. Dalmatsiya orollari quruklikni dengiz suvi bosishi natijasida vujudga kelgan. Dalmatsiya orollari ohaktoshlardan tuzilgan, karst keng tarqalgan. Pasttogʻlar (500—700 m) koʻp. Qish oylarida oʻrtacha t-ra 5°, yozda esa 20—25°. Yillik yogʻin 500—1000 mm, asosan qish va kuzda yogʻadi. Dalmatsiya orollariga Oʻrta dengiz tipidagi oʻsimliklar xos. Togʻ yon bagʻirlarida va vodiylarda uzum, zaytun va sitrus mevalar yetishtiriladi. Qoʻy boqiladi va baliq ovlanadi. Turizm rivojlangan. Kornat va Mlet milliy parklari tashkil etilgan.


Lotin alifbosida maqola: DALMATSIYA OROLLARI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ? degan savolarga javob topishingiz mumkin)



FRANSIYA
YER
XITOY
ITALIYA
HINDISTON


Добавить комментарий