DALOLATNOMA

DALOLATNOMA — muayyan shaklda tuzilgan rasmiy yozma yuridik hujjat. D. lar normativ hujjatlar (ular umumiy huquq meʼyorlarini belgilaydi), individual hujjatlar (ular aniq hollarga taalluqli boʻladi, mas, mukofotlash toʻgʻrisidagi hujjatlar, sud qarorlari) va sharhlovchi (qonunlarni rasmiy izohlashga oid) hujjatlarga boʻlinadi. Qonunda koʻzda tutilgan tartibda tuzilgan, muayyan huquqiy oqibatlarni keltirib chiqaradigan turli hujjatlar ham (mas, fuqarolik holati hujjatlari) D. deb ataladi. Oʻzbekiston Respublikasi FKning tegishli moddasida quyidagi fuqarolik holati hujjatlari davlat tomonidan qayd etilishi kerakligi koʻrsatilgan;

1) tugʻilish;

2) oʻlim; 3) nikoh tuzilganligi;

4) nikohdan ajralish. Mazkur Dalolatnomalar fuqarolik xrlati Dalolatnoma larini yozish idoralari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (Fuqarolar yigʻini)da yuritiladi.

Qonunda nazarda tutilgan tartibda tuzilgan hamda muayyan yuridik oqibatlarni yuzaga keltiruvchi turli xil boshqa hujjatlar ham Dalolatnoma hisoblanadi. Ular muassasa yoki ayrim shaxslar faoliyati bilan bogʻliq biron-bir boʻlib oʻtgan (sodir boʻlgan) voqea, hodisa, ish-harakatni yoki mavjud holatni tasdiqlash, unga guvohlik berish maqsadida bir necha kishi tomonidan tuziladi. Bunday Dalolatnomalar deyarli barcha hollarda pul mablagʻlari va moddiy boyliklarga bogʻliq boʻladi, binobarin ular koʻproq tadbirkorlik, moliya-xoʻjalik faoliyatida, hisobkitob, oldi-sotdi va savdo sohalarida keng qoʻllanadi. Ular tegishli taftish oʻtkazilgandan keyin, rahbarlik almashinayotganda, moddiy boyliklarni bir xususiy yoki yuridik shaxsdan ikkinchisiga oʻtkazishda, qurib tugʻallangan inshootlarni qabul qilishdan oldin va keyin, mashina va uskunalarning yangi nusxalarini sinovdan oʻtkazish chogʻida, qimmatdor buyumlarni hisobdan oʻtkazish yoki hisobdan chiqarishda, tovarlarni miqdor va sifat boʻyicha qabul qilib olishda, baxtsiz hodisalar yoki tabiiy ofatlar oqibatlarini tekshirishda, sud-tergov ishlari va tibbiyot sohasida, xodimlarning moddiy, yashash sharoitlarini oʻrganishda va b. hollarda tuziladi.


Lotin alifbosida maqola: DALOLATNOMA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ? degan savolarga javob topishingiz mumkin)



FUQAROLARNING OʻZINI OʻZI BOSHQARISH ORGANLARI
TOSHKENT
SHAXSNING HUQUQIY HOLATI
HUQUQIY MUNOSABATLAR
DAVLAT


Добавить комментарий