DAL Vladimir Ivanovich

DAL Vladimir Ivanovich [adabiy taxallusi — Kazak Luganskiy; 1801.10 (22).11, Lugansk sh. — 1872.22.9(4.10), Moskva] — rus leksikografi, etnograf va yozuvchi. Peterburg FA muxbir aʼzosi (1838), faxriy akad. (1863). Derpt (hoz. Tartu) un-ti tibbiyot f-tini tugatgan (1829). Asosiy asari — «Jonli velikorus tilining izohli lugʻati» (1—4 jildlar; 1863—66) 200 mingga yaqin soʻzni oʻz ichiga olgan. Dal birinchi boʻlib rus tili shevalarini tasnifladi («Rus tili lahjalari haqida», 1852). «Rus xalqi maqollari»ni toʻplab nashr etdi (1861— 62). Unda 30 mingdan ortiq maqol, matal va qochirim gaplar jamlangan. Bulardan tashqari, Dal qissa, hikoya, ocherk va ertaklar muallifi.

As: Polnoye sobr. soch., t. 1 — 10, Sankt-Peterburg, 1897—98; Tolkovыy slovar jivogo velikorusskogo yazыka, t. 1—4, M., 1981; Poslovisы russkogo naroda, M, 1957.


Lotin alifbosida maqola: DAL Vladimir Ivanovich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



LUGʻAT
ROSSIYA
ALISHER NAVOIY
YAPONIYA
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты