DALTON

DALTON (Dalton) Jon (1766.6.9, Iglsfild, Angliya, — 1844.27.7, Manchester) — ingliz kimyogari va fizigi. Atomistik nazariya asoschisi. London Qirollik jamiyatining aʼzosi (1822-y. dan), D. gazlar xossalarini oʻrganib, gazlarning parsial bosimi qonunini (1801), gazlarning eruvchanligi parsial bosimiga bogʻlikligini (1803), kimyoning asosiy qonunlaridan biri — karrali nisbatlar qonunini (1803) aniklagan. Dalton kimyoviy elementlarning birinchi nisbiy at. m. lari jadvalini tuzgan (1803), meteorologiya masalalari bilan ham shugʻullangan. 1794-y. da ilk bor koʻrish nuqsoni — rang ajrata olmaslik (daltonizm) haqida yozgan.


Lotin alifbosida maqola: DALTON haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



KIMYO
BUYUK BRITANIYA
RANG AJRATA OLMASLIK
FIZIKA
METEOROLOGIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты