DALTONIDLAR VA BERTOLLIDLAR

DALTONIDLAR VA BERTOLLIDLAR — oʻzgarmas tarkibli kimyoviy birikmalar (daltonidlar) bilan oʻzgaruvchan tarkibli kimyoviy birikmalar (bertollidlar)ni ifodalash uchun 1912 — 14 y. larda N. S. Kurnakov kiritgan terminlar. «Daltonidlar» termini J. Dalton xotirasi uchun, «bertollidlar» termini esa K. L. Bertolle xotirasi uchun taklif etilgan. Odatdagi kimyoviy birikmalarning koʻpchiligi daltonidlardir; ularning tarkibi tarkib doimiyligi qonuniga va karrali nisbatlar qonuniga javob beradi. Metall tizimlarda, shuningdek, oksidlar, sulfidlar, karbidlar, gidridlar va b. oʻrtasida bertollidlar hosil boʻlish hodisalari kashf etilgan (q. Metallidlar, Fizikkimyoviy analiz).


Lotin alifbosida maqola: DALTONIDLAR VA BERTOLLIDLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



KIMYO
METALLIDLAR
YER
MINERAL
TARKIBNING DOIMIYLIGI QONUNI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты