DALYAN

DALYAN, Dayren — Xitoyning shim.-sharqidagi shahar, Lyaonin provinsiyasida, Sariq dengizning Dalyanvan qoʻltigʻi sohilidagi port (kj ortib-tushirish yiliga 50 mln. t.). Lyuyshun sh. b-n birga Lyuyda maʼmuriy r-ni tarkibiga kirgan. Aholisi 5,4 mln. kishi (1998). Baliq ovlash bazasi. Tashqi savdoning muhim markazlaridan. Metallsozlik va mashinasozlik (kemasozlik), metallurgiya (poʻlat erituvchi z-d), elektronika, qurilish, oziq-ovqat korxonalari bor.

Dalyan 19-a. birinchi yarmida balikchilar qishlogʻi boʻlib, avval Sinniv, 1860-y. dan Dalyan deb atalgan. 1898-y. dagi konvensiyaga binoan Rossiya bu hududni Xitoydan ijaraga olgach, Dalniy deb nom oladi va shahar kurila boshladi. Dalyan 1904-y. dan 2-jahon urushi oxirigacha Dayren nomi bilan yaponlar qoʻl ostida boʻldi. Rossiya-Xitoy shartnomasiga binoan Xitoy hukumati 1945-y. 14 avg. dan Dalyanni erkin port deb tan oldi. Port barcha jihozlari b-n Rossiyaga ijaraga berildi. 1950-y. 14 fev. dagi Rossiya-Xitoy bitimiga binoan Dalyan porti jihozlari bilan oʻsha yili Xitoyga kaytarildi. Dalyanda tibbiyot, politexnika, va b. oliy oʻquv yurtlari bor.


Lotin alifbosida maqola: DALYAN haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



XITOY
TOSHKENT
ROSSIYA
YAPONIYA
ITALIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты