DAM OLISH UYLARI

DAM OLISH UYLARI — dam olish rejimi muayyan tartibga solingan sogʻlomlashtirish muassasalari. Dam olish uylari maxsus tibbiy kuzatuv va davoga muhtoj boʻlmagan sogʻlom kishilar uchun moʻljallangan. Shu jihatdan mineral suvlar, shifobaxsh balchiq bilan davolaniladigan va fizioterapiya qoʻllaniladigan sanatoriylardan farq qiladi (ayni vaqtda Dam olish uylarida dam olayotganlarga zarur boʻlganda tibbiy yordam koʻrsata oladigan tibbiyot xodimi boʻladi). Dam olish uylarida dam oluvchilar uchun iqlimiy, gigiyenik hamda madaniy-maishiy xizmat koʻrsatish sharoitlari, shuningdek, toʻla-toʻkis ovqatlanish tarzi eʼtiborga olinadi. Dam olish uylari umumiy (kattalar uchun), maxsus (oilaviy, yoshlar uchun) boʻlishi mumkin. 2 kunlik, 12 kunlik va 15 kunlik Dam olish uylari kengtarqalgan. Ularning ayrimlarida (palatka, lager) dam olish turizm bilan qoʻshib olib boriladi. Pansionatlar va dam olish bazalari ham mavjud.

Birinchi dam olish uyi Toshkent yaqinidagi Yalangʻoch qishlogʻida tashkil etilgan (1934) boʻlib, poytaxt i. ch. korxonalarining ilgʻorlari dam olishiga moʻljallangan. Oʻzbekistonda 1-kolxozchilar dam olish uyi Toshkent viloyati Qibray tumanida ochilgan (1947).

Dam olish uylariga yoʻllanmalarning kupi kasaba uyushmasi tomonidan ijtimoiy sugurta mablagʻlari hisobiga bepul yoki imtiyozli narxda beriladi. Dam olish uylarida maʼlum rejimga rioya qilinadi, dam oluvchilar koʻproq vaqtni ochiq havoda (ekskursiyada, sport bilan shugʻullanib) oʻtkazadilar, ularga sogʻlom kishilarga moʻljallangan ovqatlar beriladi.

Oʻzbekistonda Kumushkon, Soʻqoq, Sumcha, Xoʻjakent, Xondiza, Samarqand, Fargʻona kabi mavsumiy va doimiy Dam olish uylari bor (2002).


Lotin alifbosida maqola: DAM OLISH UYLARI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
SOGʻLIQNI SAQLASH
XITOY
TIBBIYOT
MINERAL


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты