DAMAN VA DIU

DAMAN VA DIU — Hindistonning gʻarbiy qismidagi ittifoqdosh hudud. Kambey qoʻltigʻiga kiraverishda, uning har ikki sohilida joylashgan. Daman Gujarot shtati bilan chegaradosh. Diu Katxiyavar ya. o. ning jan. da joylashgan orol boʻlib, koʻpriklar orqali materik bilan bogʻlangan. Mayd. 112 km2, aholisi 158 ming kishi (2001). Maʼmuriy markazi — Daman.

1509, 1521 va 1531-y. larda portugallar gujarotlar qalʼasi boʻlmish Diuni bosib olishga harakat qilishgan. 1535-y. da Gujarot hokimi Bahodir qalʼani portugallarga topshirdi, chunki buning evaziga portugallar Gujarotni boburiylardan ozod qilishga yordam berishga vaʼda qildilar. Biroq bu yordam amalga oshmaganligi uchun Bahodir yana Diuni qaytarib olishga harakat qilgan, aksho portugallar tomonidan oʻldirilgan. 1558—59 y. larda portugallar Diu qarshisida Kambey qoʻltigʻi sohilida joylashgan Damanni bosib oldilar. Milliy ozodlik harakatlari tufayli bu hudud 1961-y. da portugallardan ozod qilindi va markaziy xukumat tomonidan idora qilinadigan boʻldi, unga Goa, Daman, Diu ittifoqdosh hudud maqomi berildi. 1987-y. da Goa alohida shtat maqomiga ega boʻldi va oʻsha vaqtdan Daman va Diu ham alohida maʼmuriy birlik.

Iqtisodida q. x. yetakchi oʻrin tutadi. Umumiy sugʻoriladigan ekin mayd. 51,7 ming ga (24,4 ming ga — Damanda, 27,3 ming ga — Diuda). Q. x. asosini bogʻdorchilik (mango, banan, kokos yongʻogʻi va b.) tashkil etadi. Makkajoʻxori, noʻxot, bugʻdoy, shakarqamish, dukkakli oʻsimliklar yetishtiriladi. Hududda qariyb 550 ta kichik sanoat korxonalari mavjud boʻlib, ular Riganvada, Dabel, Bximpur va Kodayya sh. larida joylashgan. Aholining bir qismi baliq ovlash va uni qayta ishlash bilan shugʻullanadi.


Lotin alifbosida maqola: DAMAN VA DIU haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
XITOY
HINDISTON
ROSSIYA
YER


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты