DAMANLAR

DAMANLAR, jiryaklar (Nugacoidea) — yoʻldoshli sut emizuvchilar turkumi. Tanasining uz. 30—60 sm, vazni 1,5—4,5 kg. Tashqi koʻrinishi kemiruvchilarga oʻxshasada, filogenetik jihatdan xartumlilarga yaqinroq. Ustki labi ayri, oldingi oyoqlari 4, keyingi oyoklari 3 barmoqli boʻlib, tuyoqsimon tirnoqlar b-n qoplangan. Oldingi kurak tishlarining orqa tomonida emali boʻlmaydi va doim oʻsib turadi. Hoz. Damanlar bitta oilaga mansub boʻlgan 2—3 urugʻ (7—12 tur)dan iborat. Afrikada va Osiyoda (Arabiston yarim orolidan Suriyagacha) tarqalgan. Oʻrmonlarda yakka-yakka va togʻlarda 4,5 ming m gacha balandlikda koloniya boʻlib yashaydi. Yerda yoki daraxtda hayot kechiradigan serharakat, asosan, oʻtxoʻr hayvonlar. Yilda bir marta 1—3 tadan bolalaydi. Goʻshti uchun ovlanadi.


Lotin alifbosida maqola: DAMANLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
TOSHKENT
OKEAN
XITOY
SUT EMIZUVCHILAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты