DAMASHQ

DAMASHQ (arab. — Dimishq; tarixiy nomlari — Shom, Damaskus) — Suriya Arab Respublikasining poytaxt shahri. Damashq muhofazasining maʼmuriy markazi. Barada daryosi vodiysida, 690 m balandlikda joylashgan. Iqlimi subtropik, yanv. ning oʻrtacha t-rasi 7—8°, iyulniki 26—27°, yillik yogʻin 227 mm. Aholisi 3 mln. kishi (1998), koʻpchiligi arablar; shuningdek, arman, kurd, cherkas, grek va b. ham yashaydi. Qad. da Misr, Falastin, Iroq, Arabiston ya. o. ga karvon yoʻllari Damashq orqali oʻtgan. Damashqning besh ming yildan ortiq tarixi bor. Qadimda u Timaski, Temasgi, Dimaska, Karanaski deb ham yuritilgan. Oʻrta asr tarixchilari uni «Dunyo jannati», «Sharq jannati» deb atashgan. Misr firʼavnlari (mil. av. 16-a.), oromiylar (mil. av. 10-a.), ossuriylar (Ossuriya, mil. av. 132), bobilliklar (mil. av. 604), forslar (mil. av. 538), makedoniyalik Iskandar (mil. av. 332), Rim imperiyasi (64 y.), Vizantiya (5—7-a. lar), arab va turklar D. ni birbir egʻallab oʻtganlar. Damashq umaviylar davri (661—750)da xalifalik markazi boʻlgan. Bu vaqtda shaharda hashamatli qasrlar, masjidlar qurilgan. Movarounnahr va Sharqning yirik faylasufi Abu Nasr Forobiy Damashq madrasalarida dars bergan. Damashqda abbosiylar, tuluniylar (9-a.), fotimiylar (10-a.), saljuqiylar (11-a.) hukmronlik qilgan. 1260-y. da Damashq mamluklar, 1401-y. da Amir Temur tasarrufiga oʻtgan. Mamluklar davrida (13—16-a. larda) Damashq — savdo va hunarmandchilik (mato, qurol-aslahalar i. ch., zargarlik buyumlari tayyorlash) hamda islomning tayanch markazlaridan boʻlgan. 1516-y. dan 1918-y. gacha Usmoniylar saltanati tarkibida boʻlgan. 1918-y. 1 okt. da Hijoz qoʻmondoni amir Faysal askarlari Damashqni egʻalladi. Suriya 1920-y. da Fransiya mandatligiga oʻtgach, Damashqga fransuz askarlari bostirib kirdi. Shu sababdan shahar chetidagi Maysalun degan joyda qattiq jang boʻldi; 1943-y. da Suriya mustaqillikka erishgach, Damashq uning poytaxti boʻlib qoldi.

Damashq — yirik savdosanoat va moliya markazi, muhim transport yoʻllari tuguni. Xalqaro aeroport bor. Mamlakatdagi koʻpgina shaharlar hamda Bayrut, Ammon va Bagʻdod sh. lari bilan t. y. va havo yoʻllari; Yevropa, Osiyo va Afrika bilan xalqaro havo yoʻllari orqali bogʻlangan. Shaharda toʻqimachilik, gilam toʻqish f-kalari, sovungarlik, farmatsevtika, elektrokabel, sement, oyna z-dlari, oziq-ovqat, avtomobil remonti, tikuvchilik, boʻyoq, koʻnchilik korxonalari; mis, oltin, kumushga badiiy ishlov berish, qurolaslaha tayyorlash ustaxonalari va b. bor. Mashinasozlik va metallsozlik sanoati rivojlanmoqda. Damashq aholisi millati va diniga qarab mahallalarga boʻlingan. Shaharda Damashq va Arab akademiyalari, Suriya un-ti (1923), Sharq musiqasi in-ti, Oliy pedagogika va Oliy politexnika bilim yurtlari, Harbiy akademiya, Milliy muzey (1919), Sharq turmushi muzeyi, butun Sharqqa mashhur bozor va rastalar, kutubxonalar, teatrlar va b. bor. Meʼmoriy yodgorliklardan arab-islom madaniyati durdonasi boʻlmish Umaviylar masjidi (705—715-y. lar), Sulaymoniya masjidi va b. saqlangan.


Lotin alifbosida maqola: DAMASHQ haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
IROQ
YAPONIYA
XITOY
SURIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты