DAMBA

DAMBA, koʻtarma — daryo oʻzani va qayirlarida suv yoʻlini toʻsish yoki oqim yoʻnalishini oʻzgartirish uchun quriladigan tuproq koʻtarma koʻrinishidagi gidrotexnika inshooti. Damba bosimli va bosimsiz turlarga boʻlinadi.

Bosimli yoki ihota Damba soqildagi pasttekisliklarni suv bosishdan saqlash uchun daryo, kanal, suv ombori va sh. k. ning qirgʻoqlarini koʻtarish (toʻsuvchi-himoya Damba) va bosimli gidrotexnika inshootlarini qirgʻoq bilan tutashtirish (tutashtiruvchi Damba) maqsadlarida barpo etiladi. Oʻrta Osiyo daryolari tez oqishi va oʻzani tez-tez oʻzgarib turganligi sababli aksariyat qirgʻoq Damba lari baʼzida qoʻshqavat qilib quriladi. Mac, Amudaryoning qirgʻoqlari tez-tez yuvilib turadigan quyi oqimida bal. 1,5—3 m, uz. qariyb 900 km boʻlgan himoya Dambasi barpo etilgan. Bu koʻtarmalar, ayniqsa yozgi toshqin (25—30, baʼzida 45 kungacha) va kishki muzlar tiqilib qoladigan (10—20 kun) davrlarda suvning kuchini qaytaradi (q. Deygish). Bosimsiz Dambalar oʻzanni tartibga solish va toʻgʻrilash, suv olgich va suv oʻtkazgich inshootlar ishini yaxshilash maqsadida oqim yoʻnalishini oʻzgartirish uchun quriladi. Ular suvga koʻmilishi yoki koʻmilmasligi mumkin. Oqim yoʻnalishiga nisbatan joylashishiga koʻra koʻndalang yoki boʻylama Dambaga boʻlinadi. Damba, asosan, mahalliy qurilish materiallari — qum-tuproq, tosh, tuproq, shox-shabba va sh. k. dan barpo qilinadi. Dambalar koʻpincha tosh-tuproqdan yasaladi, mexanizatsiyani qoʻllash qulay va qurilishni uzluksiz olib borish mumkin boʻlgani uchun bu Dambalar nisbatan tez bitadi. Damba uyma, yuvma (suv oqizib keltirgan choʻkindilarni gidromexanizatsiya vositalarini qoʻllab, qirgʻoqqa uyish) va kombinatsiyalashtirilgan (pastki qismi yuvma va ustki qismi uyma) usulda quriladi.

Amin Muhamedov.


Lotin alifbosida maqola: DAMBA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ? degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
SUV OMBORI
DEYGISH
DARYO
AMUDARYO


Добавить комментарий